Loyihalashtirish va qurilish sohasida iqtisodiy islohotlar boshqarmasining vazifalari:
— shaharsozlik sohasida davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha takliflar tayyorlash, arxitektura-qurilish faoliyatini rivojlantirishning uzoq muddatli va oʻrta muddatli davlat dasturlarini ishlab chiqish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning tarmoq va hududiy dasturlarini tayyorlashda ishtirok etish;
— qurilish-montaj ishlari texnologiyalarini qoʻllash masalalari boʻyicha xorijiy mamlakatlar va tashkilotlar bilan xalqaro ilmiy-texnik va iqtisodiy hamkorlikni amalga oshiradi;
— arxitektura-qurilish faoliyatini rivojlantirishning uzoq muddatli va oʻrta muddatli davlat dasturlarini ishlab chiqish, shuningdek, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning tarmoq va hududiy dasturlarini tayyorlashda ishtirok etadi;
oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha respublika maqsadli dasturlari, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish prognozlarining shaharsozlik boʻlimlarini ishlab chiqishda va amalga oshirishda qatnashadi;
— kapital qurilishda islohotlarni yanada chuqurlashtirishga hamda pudrat ishlari bozorini rivojlantirishga koʻmaklashadi;
— loyihalashtirish va qurilish tashkilotlarini baholashning mezonlari va mexanizmini aks ettiruvchi koʻrsatkichlar tizimini joriy etadi;
— manfaatdor vazirliklar bilan birgalikda markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar hisobiga moliyalashtiriladigan obʼektlar qurilishida narxlarning sunʼiy ravishda oshib ketishiga yoʻl qoʻymagan holda ularning shakllantirilishi yuzasidan doimiy nazorat oʻrnatadi;
— qurilish qiymati pasaytirilishini, resurslardan oqilona foydalanishni taʼminlaydigan ilgʻor texnologiyalarni qurilish sohasiga joriy etadi.