🏗 Yangiqo‘rg‘on tumanidagi Mamay qishlog‘ida joylashgan 32-umumiy o‘rta ta’lim maktabining binosi mukammal ta’mirlanib, foydalanishga topshirildi. Bunyodkorlik ishlarini “Sardor sanoat” mas’uliyati cheklangan jamiyati jamoasi amalga oshirdi. Jami 5 mlrd 163 mln so‘m evaziga quruvchilar ilm maskaniga yangi qiyofa baxsh etdilar.
✔️ Maktabning zamonaviy, keng, yorug‘ sinf xonalarida 645 nafar o‘quvchi tahsil oladi.