• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Markaziy buxgalteriya

Markaziy buxgalteriyaning asosiy vazifa va funksiyalari:
— buxgalteriya hisobini mazkur Yoʻriqnomaga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qilgan holda yuritish, shuningdek, hisob ishlarini zamonaviy texnik vositalar va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda tashkil etish;

— buxgalteriya hujjatlarini oʻz vaqtida va toʻgʻri rasmiylashtirilishini hamda amalga oshirilayotgan operatsiyalarning qonuniyligini oldindan nazorat qilish;

— byudjet mablagʻlarini, shuningdek, byudjetdan tashqari mablagʻlarni xarajatlar smetasida koʻzda tutilgan muayyan maqsadlarga toʻgʻri sarflanishi, shuningdek, pul mablagʻlari va moddiy qimmatliklarning butligi ustidan muntazam nazorat qilish;

— tizimiga kiruvchi tashkilotlarda buxgalteriya hisobini qonunchilik talablariga muvofiq yuritilishini nazorat qilish;

— tashkilotda xodimlarning ish haqlarini va unga tenglashtirilgan toʻlovlarini, shuningdek, taʼlim muassasalarida talabalarning stipendiyalarini belgilangan tartibda hamda oʻz vaqtida hisoblab chiqish;

— smeta ijrosi jarayonida vujudga keladigan yuridik va jismoniy shaxslar bilan olib boriladigan hisob-kitoblarni oʻz vaqtida amalga oshirish;

— pul mablagʻlari, hisob-kitoblar va moddiy qimmatliklar, shuningdek, boshqa aktivlarni va majburiyatlarni inventarizatsiya qilishda qatnashish, inventarizatsiya natijalarini oʻz vaqtida va toʻgʻri rasmiylashtirish hamda ularni buxgalteriya hisobida aks ettirish;

— moddiy javobgar shaxslarga ularning javobgarligida turgan moddiy qimmatliklarning butligini saqlash va hisobini olib borish yuzasidan tushuntirish ishlarini oʻtkazish;

— moddiy qimmatliklarni olish uchun berilgan ishonchnomalarning hisobini yuritish va ulardan toʻgʻri foydalanilishini nazorat qilish;

— moliyaviy hisobotlarni belgilangan muddatlarda tuzish va topshirish;

— tashkilot rahbari tasdiqlashi uchun xarajat smetalarini va ularga ilova qilinadigan hisob-kitoblarni tuzish;

— asosiy vositalar hamda boshqa moddiy qimmatliklarni ularning saqlanish va foydalanish joylarida butligini muntazam nazorat qilish;