“Istiqlol kommunal ta’mir xizmati” boshqaruv servis kompaniyasi hamda “Sirdaryo suv ta’minoti” MCHJ bilan hamkorlikda Guliston shahri “Bo’ston” mahallasi hududida joylashgan ko’p qavatli uylarning oqova suv quvurlarida yuzaga kelgan muammolar maxsus texnika yordamida bartaraf etilmoqda.
🔴 Shu o’rinda ta’kidlash lozimki, joylarda kuzatilayotgan muammoli holatlarning aksariyati oqova suv tizimidan noto’g’ri foydalanish, xususan, keraksiz jismlarni quvurlarga oqizish orqali hosil bo’lmoqda. Yurtdoshlarimizdan ushbu masalaga jiddiy e’tibor berishlarini so’raymiz.