Andijon viloyati Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasining Bosh mutaxassisi (arxitektor) J.G‘oymatov va shahar inspektori U.Akbarovlar Andijon shahar XTB qarashli 49-sonli umumta’lim maktabi hududida (“HUROSON ELIT SILK” MCHJ rahbari taklifi asosida) o‘zboshimchalik bilan shahar hokimining kurilishga yer ajratish to‘g‘risidagi qarorisiz yoki “E-IJRO AUKSION” savdo maydonchasi orqali olgan g‘oliblik bayonisiz, shaharsozlik hujjatlari mavjud bo‘lmagan holda noqonuniy tarzda “Pilla ipidan tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish” bino-inshootlari kurilishi olib borilgan holat aniklangan. Ushbu noqonuniy qurilish boshlangan hudud o‘rnida maktabning katta futbol stadioni, voleybol maydonchasi, 3.0 km.ga yugurish yo‘lagi, qumga sakrash maydonchasi, gimnastika maydoni va terakzorlar hamda ekinzorlar (limonariya) bo‘lgan. Hozirgi kunda ushbu kompleks maydon buzib yuborilganligi, faqatgina maktabning qo‘rg‘on devori (plita devor), limonariya hamda qarovsiz shudgor qolganligi aniqlandi.
Shuningdek, ushbu o‘zboshimchalik bilan qurilishi boshlangan “Pilla ipidan tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish” bino-inshootlar Andijon shahar Bosh rejasiga zid ekanligi va SHNQ 2.07.01-03 hamda SanPin №0246-08 talablari buzilganligi ma’lum bo‘ldi. Mas’ullarga O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 99-moddasi bilan “Shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish” to‘g‘risidagi qonunlar asosida chora ko‘rilishi uchun hujjatlar sudga taqdim etilgan.