“O‘zbekiston Respublikasining seysmik xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmon mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan matbuot anjumani
Bahodir Sodiqov, Qurilish vazirligi boshqarma boshlig‘i:
Farmonga ko‘ra seysmik hududlarda joylashgan yangi quriladigan xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan ob’ektlar uchun ilmiy asoslangan seysmik xulosalar olish tartibi kiritilyapti. Yirik ob’ektlar tarkibiga gidrotexnik inshootlar, suv havzalari, to‘g‘onlar, baland qavatli binolarni kiritish mumkin.