• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

MATBUOT ANJUMANI

Iyun 15, 2022 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

⚡️Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi qurilish tarmogʻini modernizatsiya qilish, jadal va innovatsion rivojlantirishning 2021-2025-yillarga moʻljallangan strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi hamda “2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida” Farmoni ijrosi yuzasidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda respublika aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlari, ijtimoiy-maishiy, yoʻl va transport obyektlari, shuningdek, muhandislik infratuzilmasi bilan taʼminlanganligi xatlovdan oʻtkazildi.

✅Unga koʻra 2023-2027-yillarga moʻljallangan dastur loyihasi tayyorlandi hamda avval ishlab chiqilgan 17 ta shaharning bosh rejasiga tuzatish kiritish, 292 ta shaharchalarning bosh rejalarini ishlab chiqish, 649 ta qishloq aholi punktlarininig bosh rejalari va rejalashtirish loyihalarini tayyorlash dasturga kiritildi. Kelgusi qisqa davrda shaharlarni 100 foiz, shaharchalarni 48 foiz, qishloq aholi punktlarini esa 40 foiz shaharsozlik hujjatlari bilan taʼminlash koʻzda tutilgan.

▶️Bundan tashqari 2018-2022-yillarda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida jami 1944 ta mahallalarning bosh reja sxemalari ishlab chiqildi va bu chora-tadbirlar bugun ham tizimli ravishda davom ettirilmoqda.