⚡️Bugun Qurilish vazirligida OAV xodimlari hamda vazirlik masʼullari ishtirokida matbuot anjumani oʻtkazildi.
❗️Anjuman kuni kecha Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev boshchiligida qurilish va ipoteka sohalarida islohotlarni jadallashtirish hamda arxitektura yoʻnalishidagi oliy taʼlim muassasalarini transformatsiya qilish chora-tadbirlari yuzasidan boʻlib oʻtgan videoselektor yigʻilishiga bagʻishlandi.
✅Matbuot anjumanida videoselektorda ko‘tarilgan muammolarni hal qilish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar va kelgusidagi rejalar boʻyicha so‘z yuritildi.
📌Qurilish vazirligi tomonidan qurilish-loyihalash sohasidagi yondashuvlar oʻzgarishi alohida taʼkidlandi.
➡️Anjuman davomida jurnalistlar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga soha mutasaddilaridan javoblar olishdi.