🏗Bugungi kunda arxitektura va qurilish sohasi iqtisodiyotning jadal surʼatlar bilan rivojlanib borayotgan sohalaridan biri boʻlib bormoqda. Respublika hududida qurilishlar koʻlami yil sayin ortib bormoqda.
📌Jumladan, respublika boʻyicha qurilish ishlari hajmi 2020-yilda 88,1 trln. soʻmni, 2021-yil 107,5 trln. soʻmni tashkil etgan boʻlsa, joriy yil may oyi yakunlari boʻyicha 45 trln. soʻmni tashkil etmoqda.
✍️Qurilish sohasini jadal surʼatlarda oʻsib borishi sohani zamon talablari asosida chuqur islohotlarni amalga oshirish, jumladan, sohada kadrlar tayyorlash siyosatini takomillashtirishni talab etmoqda.
🔴Soʻnggi yillarda qurilish sohasini isloh qilish boʻyicha 22 ta Prezident hujjatlari va 21 ta Hukumat qarorlari qabul qilingan. Bundan tashqari “Shaharsozlik kodeksi” yangi tahrirda qabul qilindi.
✅Shuningdek, Prezidentimizning 2020-yil 27-noyabrdagi PF-6119-son Farmoni bilan qurilish tarmogʻini modernizatsiya qilish, jadal va innovatsion rivojlantirishning 2021–2025-yillarga moʻljallangan strategiyasi va uni amalga oshirish boʻyicha yoʻl xaritasi tasdiqlandi.
💥Ushbu hujjatlar doirasida qator chora-tadbirlar va islohotlar amalga oshirildi va muayyan natijalarga erishildi.