?AOKAda “Xususiy tadbirkorlar tomonidan qurilayotgan uy-joylarni sotib olishda xaridorlarning huquq va majburiyatlari” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda.
⚠️Anjumanda uy-joy qurilishi masalalari boʻyicha respublikada amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar, maqsadli dasturlarni amalga oshirish ishlarining borishi, shuningdek, mazkur islohot va dasturlarning mazmun-mohiyati, yaratilayotgan shart-sharoitlar, imtiyozlar va yengilliklar, yoʻlga qoʻyilayotgan yangi tizimlar, barpo etilayotgan “Yangi Oʻzbekiston” massivlari, namunaviy loyihalar, energiya tejamkorlik, reytinga kiritilgan pudrat tashkilotlari ishtiroki, ulush kiritish tizimi, sifat nazorati hamda mazkur masalalarda Qurilish vazirligining bevosita ishtiroki va funksiyalari yuzasidan batafsil ma’lumot berilmoqda.