✅Prezidentimizning 2021-yil 9-dekabrda qabul qilingan Farmoniga koʻra 2022-yilda uy-joylar qurish boʻyicha bir qator vazifalar belgilab berilgan. Xususan, Fargʻona viloyatining Bogʻdod tumanida barpo etilgan “Muruvvat” massivi namunasi asosida barcha hududlarda kompleks tarzida “Yangi Oʻzbekiston” massivlarini qurish koʻzda tutilgan.
▶️Farmon bilan 29 ta massiv roʻyxati tasdiqlandi. Buning uchun 1015 gektar yer maydoni ajratilgan. Qurilish ishlarida koʻp qavatli uylar, ijtimoiy soha, bozor infratuzilmasi va muhandislik obyektlarini joylashtirish boʻyicha bosh reja loyihalari ham ishlab chiqildi. Dastur doirasida 21 312 ta xonadonli 619 ta uy, 18 ta maktab, 24 ta bogʻcha, 15 ta oilaviy poliklinikalarni qurish rejalashtirilgan.