🏗Har bir hududning tabiiy-iqlim sharoitidan kelib chiqib, massivlarda daraxtlar ekish va koʻkalamzorlashtirish ishlariga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda. Hududlarda quriladigan koʻp qavatli uylarning energiya samarador namunaviy loyihalari ishlab chiqilgan va Qurilish vazirligining veb-saytiga joylashtirilgan.
🟢Uylar qurilishida reytingi 3 ta “S” va undan yuqori pudrat tashkilotlari ishtirok etadi. Tanlangan massivlarda uy-joylarni qurish uchun ajratilgan yer maydonlari 619 ta lotlarga boʻlinib, bugungi kunda 491 tasining arxitektura rejalashtirish topshirigʻi ishlab chiqilgan, 479 ta yer uchastkalari auksion savdolariga qoʻyilgan, 158 tasi sotilgan.
⚡️Matbuot anjumani toʻgʻridan-toʻgʻri efir orqali “UzReport” telekanalida ham efirga uzatilmoqda.