⚡️Matbuot anjumani davomida Qurilish vazirligi va qurilish loyiha institutlari ilmiy xodimlari, OAV xodimlari hamda Samarqand tumanidagi “Jo‘ysoy” mahalla ahli vakillari muhokamalarga sabab bo‘lgan 11 qavatli binoni joyiga borib ko‘rishdi. Obyektdagi har bir jihat ekspertlar tomonidan tahlil qilib berildi.