⚡️Uylar qurilishida reytingi 3 ta “S”dan yuqori pudrat tashkilotlari ishtirok etadi. Bugungi kunda bu kabi salohiyatli pudrat tashkilotlari soni 4 876 tadan ortiqni tashkil etmoqda.
Uylar qurilishida mahalliy qurilish materiallaridan foydalanish, issiqlik tejovchi qoplamalar va zamonaviy texnologiyalarni qoʻllash taʼminlanadi.
Buning uchun qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalar bilan ham ishlanmoqda. Kelgusida ushbu ishlarni industriya darajasiga koʻtarib, uy-joy qurilishi klasterlarini tashkil etish boʻyicha ham ishlanmoqda. Dastlabki bosqichda, Toshkent shahri, Fargʻona, Navoiy, Samarqand va Toshkent viloyatlarida klasterlarni tashkil qilish maqsadga muvofiq. Chunki mazkur hududlarda yetalicha miqdorda pudrat tashkilotlari, loyiha institutlari, ishlab chiqarish korxonalari, xom ashyo bazasi va infratuzilma mavjud.
⚡️Hozirgi kunda 2022-yilda uy-joylar qurish dasturi loyihasi ishlab chiqildi.
Bunda, Fargʻona viloyati Bogʻdod tumanida barpo etilgan “Muruvvat” massivi namunasi asosida barcha hududlarda “Yangi Oʻzbekiston” massivlarini qurish koʻzda tutilmoqda.
Hokimliklar bilan birgalikda 30 ga yaqin massiv tanlab olindi. Ularda koʻp qavatli uylar, ijtimoiy soha, bozor infratuzilmasi va muhandislik obyektlarini joylashtirish boʻyicha bosh reja loyihalari ishlab chiqildi.
Unga koʻra, kelgusi yilda 2 191 ta uylar, 27 ta maktab, 40 ta bogʻcha, 25 ta oilaviy poliklinika va 120 dan ortiq savdo-maishiy xizmat majmuasi qurish koʻzda tutilmoqda.