• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Matbuot anjumanidan

Dekabr 9, 2021 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

⚡️Ipoteka dasturi asosida joriy yilda 207 ta massivda 1 ming 75 ta koʻp qavatli uylar qurilishi olib borilmoqda. Jami xonadonlar soni – 45,5 mingta.

Jumladan:

– “Qishloq qurilish invest” kompaniyasi ishtirokida qishloq joylarda 11,3 mingta kvartirali;
– “Shahar qurilish invest” kompaniyasi ishtirokida fuqarolarning alohida toifalari uchun 3,5 mingta kvartirali;
– yangi tartib doirasida tadbirkorlik subyektlari tomonidan 30,6 mingta kvartirali uylar qurilmoqda.
Shuningdek, 6274-sonli Farmonga asosan Dasturga qoʻshimcha ravishda:
– yangi tartib asosida 4 ta hududda – Andijon, Buxoro, Samarqand, Surxondaryoda 2 ming kvartirali 49 ta uylar;
– Osiyo taraqqiyot banki mablagʻlari hisobiga “Qishloq qurilish invest” ishtirokida 2 ming 900 kvartirali 138 ta uylar ham qurilmoqda.

Bugungi kunga qadar 4 ming 428 ta xonadonli uylar yakunlanib, foydalanishga topshirildi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


⚡️Uylarning qurilish-montaj ishlari sifati yuzasidan Qurilish sohasida nazorat inspeksiyalari tomonidan nazorat oʻrnatilgan.

Hududiy inspeksiyalar tomonidan mazkur obyektlarda jami 4 074 marta nazorat ishlari amalga oshirilgan.

Qurilishda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha jami 2 880 ta yozma koʻrsatmalar berildi.

Shuningdek, 47 ta mansabdor shaxsga nisbatan chora koʻrish uchun hujjatlar tayyorlanib, sudlarga yuborildi.

Qurilish-montaj ishlari sifatsiz bajarilgan 12 ta obyektda ishlar vaqtincha toʻxtatildi. Obyektlarda sifatsiz material va buyumlardan foydalanilganlik uchun tegishli tashkilotlarga 26 ta taqdimnoma kiritildi.