9-may – Xotira va qadrlash kunini nishonlash, Vatanimizni fashizmdan himoya qilgan, uning erkinligi, mustaqilligi va xalqining tinchligi uchun kurashgan vatandoshlar xotirasini yod etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tizimida qator tadbirlar tashkil qilindi. Jumladan, vazirlikning yosh xodimlaridan bir guruhi “Gʻalaba” bogʻiga tashrif buyurib, Zulfiya aya Zokirova va uning frontdan qaytmagan besh oʻgʻli, sadoqatli kelinlari xotirasiga atab oʻrnatilgan “Matonat madhiyasi” yodgorligi poyiga gulchambar qoʻyildi.
Ikkinchi Jahon urushida qatnashgan, bu ayovsiz jangu jadalda qahramonlarcha halok boʻlganlar xotirasi aslo unutilmaydi.