• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Me’morlik asari mamlakatning ramzi bo‘la oladimi?

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi > Yangiliklar > Fotolavhalar > Me’morlik asari mamlakatning ramzi bo‘la oladimi?
Noyabr 26, 2020 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

Agar tarixiy diqqatga sazovor maskanlar o‘sha davr ijtimoiy-madaniy hayotidan so‘zlashini, uning iqtisodiy barqaroligini ko‘rsata olishini inobatga olsak, ha ,chindan ham me’moriy obidalar timsol vazifasini o‘taydi. Buyuk sarkarda bobomiz, Amir Temurning “Agar bizning qudratimizga shubha qilsang, biz qurgan imoratlarga boq” degan gaplarini yodga olsak, har qanday zamonda binolar o‘sha mamlakat imkoniyati va qudratini namoyon qilib kelganiga amin bo‘lamiz.
Ilm-fanning jadal taraqqiy etishi bu borada juda hayratlanarli onlarni taqdim qildi. Bir-biridan ajobtovur binolar me’morlik san’atining aqlga sig‘mas darajada rivojlanayotganidan darak bermoqda.
Ammo doim xayol va hayot nuqtalarini tutashtirish oson kechmaydi. Biz sizni tanishtirmoqchi bo‘lgan tarixiy loyihalar ham ba’zi sabablarga ko‘ra amalga oshmay qolgan. Bularning aksariyati muallif o‘y-xayollarini real hayotda amalga oshirish uchun texnika va texnologiyalarning rivojlanmagani bilan ifodalangan. Shunday bo‘lsada,ushbu loyihalar o‘zining ulug‘vorligi va fantaziyalarning kuchi bilan kishini hayratga soladi.
1. Tatlin minorasi (1919 yil Leningrad)
Ushbu taniqli loyihaning muallifi konstruktivist me’mor Vladimir Tatlindir. Minora bolsheviklar inqilobining g‘alabasi sharafiga qurilishi kerak edi. Ushbu konstruksiya 400 metrli shisha va po‘latdan, ikki qavatli spiral shaklida yasalgan. Binoning uchta katta aylanadigan geometrik hajmdan iborat bo‘lishi uning o‘ziga xos xususiyatini namoyon qilgan edi.


2.The Illinois Sky Ciyt (1957 yil Chikago)
Hozirda dunyodagi eng baland bino Dubayda joylashgan «Burj Xalifa» minorasidir. Lekin agar o‘tgan asrning 50yillaridagi Frank Lloyd Raytga tegishli Illinoyis binosining loyixasi amalga oshganida u «Burj Xalifa» dan ikki baravar katta minoraga aylanar edi. 528 qavatdan iborat, 1609 metr bo‘lishi rejalashtirilgan bu minora bir necha ming mashina va vertolyotlar uchun turargoh bo‘lishi mumkin edi. Hatto “Burj Xalifa” minorasi me’morlari “Illinoyis”ning mahobatidan ilhomlangan deya ta’kidlashadi.

3. “Xalq zali” (“Katta zal”, 1939 yil Berlin)
Ushbu ulkan bino loyihasi Gitler buyrug‘i bilan uning shaxsiy me’mori Albert Sper tomonidan yaratilgan.
Butun dunyo ustidan g‘alaba qozonishiga shubha qilmagan Gitler yangi Germaniyaning ramzi bo‘lishi kerak, deb hisoblagan. Binoning balandligi 320 metr bo‘lib zali 180ming kishini qabul qilishi kerak edi. Bino gumbazning tepasiga dunyo sharini tirnoqlarida ushlab turgan burgut timsoli joylashtirilishi rejalashtirilgan.
Ushbu binoni bir necha tasviriy san’at asarlarida uchratish mumkin.