Hozirda Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi bir qator xorijiy davlatlar va tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatdi.
2019-2020 yillar davomida xalqaro tashkilotlar vakillari, shuningdek, xorijiy davlatlarning qurilish sohasi vakillari bilan bir qator uchrashuvlar boʻlib o’tdi.
2019 yilning noyabr oyida Qozogʻiston bosh arxitektura-qurilish akademiyasi hamda Yevroosiyo arxitektura, qurilish va dizayn maktablari hamkorligida tashkil etilgan IX xalqaro festival boʻlib o’tdi.
Pandemiyaga qaramay, Qurilish vazirligi 2020 yil Turkiya Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi kabi davlatlar bilan kelishuv va memorandum loyihalarini ishlab chiqdi, hozirda hujjatlar tasdiqlanmoqda va har ikki tomonga imzolash uchun taqdim etilmoqda.
Bundan tashqari, 2020 yilning noyabr oyida Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligida O`zbekiston Respublikasi boshchiligi doirasida MDH davlatlarining qurilish faoliyatida hamkorlik boʻyicha hukumatlararo kengashining 41-yig’ilishi tashkil etildi.
Ayni paytda Turkiyaning Renessans Holding kompaniyasi va Oʻzbekistondagi loyihalash tashkilotlari bilan birgalikda Imom Al-Buxoriy yodgorlik majmuasini rekonstruksiya qilish ishlari olib borilmoqda.