• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

"Millennium Communal Group" boshqaruv servis kompaniyasi 42 ta ko'p xonadonli uylarga xizmat ko'rsatadi

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi > Yangiliklar > Fotolavhalar > “Millennium Communal Group” boshqaruv servis kompaniyasi 42 ta ko’p xonadonli uylarga xizmat ko’rsatadi
Yanvar 9, 2023 Posted by: tested Fotolavhalar Videolavhalar Yangiliklar

✍️ Hozirda ishchi guruh tomonidan kutilayotgan anomal sovuq kunlarni betalofat o’tkazish yuzasidan qator choralar ko’rilmoqda. Jumladan, uy yo’laklari oldiga sepish uchun tuz va qum aralashmalari tayyorlanmoqda.

🟢 Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vaziri o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva tomonidan tuz va qum aralashmalarini chelaklarda emas, balki maxsus qoplarda saqlash hamda hududni obodonlashtirishga mas’ul ishchi xodimlarni hududlarga to’g’ri taqsimlash bo’yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

🟥 O’rganish ishlari davomida ko’p qavatli uy oldida to’planib qolgan maishiy chiqindilar borasida boshqaruv tashkiloti direktoriga e’tiroz bildirildi va mavjud masala yechimi yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi. Shuningdek, ko’p qavatli uylarning aholisi bilan suhbat qilinib, ko’rsatilayotgan xizmat sifati, xonadonlardagi issiqlik ta’minoti bilan bog’liq vaziyat xususida ularning fikrlari tinglandi.