Qashqadaryo viloyati Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi 2021-yil 9-aprel kuni Qarshi shahridagi Oqtepa mahallasi aholisi koʻp qavatli turar joyning himoya hududini eʼtiborga olmasdan oʻrnatilgan qurilish krani ustidan shikoyat qilib, “kun.uz” tahririyatiga yuborgan murojaati yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi.
Oʻrganish jarayonida ushbu yer maydoniga qurilish-montaj ishlarini boshlash to’gʻrisida inspeksiyaga Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-maydagi 370-sonli qarorining 5-bandiga asosan hech qanday xabarnoma yuborilmaganligi, haqiqatan koʻp qavatli uyning old qismida “kran” oʻrnatish ishlari boshlanganligi va hozirgi kunda ushbu yer maydoniga hech qanday qurilish-montaj ishlari boshlanmaganligi aniqlandi.
Muammo esa nazoratga olingan.