MUDOFAA OBYЕKTLARINI LOYIHALASHTIRISH, QURISH, ULARDAN FOYDALANISH VA ULARNI TA’MIRLASH FAOLIYATINI LITSENZIYALASH
Litsenziya olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar:
- litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza, unda quyidagilar ko‘rsatiladi: yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami, litsenziyalanayotgan faoliyatning yuridik shaxs tomonidan amalga oshirilishi mo‘ljallanayotgan.
- yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi;
- litsenziyalovchi organning litsenziya talabgorining arizasini ko‘rib chiqqani uchun litsenziya talabgori tomonidan yig‘im to‘langanini tasdiqlovchi hujjat;
- ob’ektlarni loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash bilan shug‘ullanuvchi xodimlarning ro‘yxati, unda ularning egallab turgan lavozimlari, ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi, mutaxassisligi bo‘yicha ish staji, yashash joyi, ushbu xodimlar qatnashgan asosiy ob’ektlar ro‘yxati ko‘rsatiladi;
- shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish uchun mavjud bo‘lgan shart-sharoitlar va texnik vositalar to‘g‘risida ma’lumotlar;
- O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi organlarining litsenziya talabgori rejim ob’ektlarida faoliyatning litsenziyalanadigan turini amalga oshirishiga ruxsat berilishi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasи.
Hujjatlar Qurilish vazirligiga litsenziya talabgori tomonidan bevosita yoxud ularning olinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma bilan pochta aloqa vositasi orqali yetkazib beriladi. Hujjatlar Qurilish vazirligining mas’ul shaxsi tomonidan ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinadi, ro‘yxatning nusxasi hujjatlar qabul qilib olingan sana to‘g‘risida belgi qo‘yilgan holda ariza beruvchiga yuboriladi (topshiriladi).
XIZMAT KO‘RSATISH MUDDATI:
Talabgorining arizasi olingan kundan boshlab 15 kundan ortiq bo‘lmagan
XIZMAT NARXI: 1 BHM
Me’yoriy hujjatga havola: https://lex.uz/docs/-246449#-311318