⚡️Internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda “Xorazmda qurilish nazorat hududiy inspeksiyasi inspektori 1000 AQSH dollari miqdorida pora bilan qoʻlga tushdi” mavzusida tarqalayotgan xabarlarga munosabat
Maʼlum boʻlishicha, R.R. 2020-yil 29-aprelda Xorazm viloyati Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasining binolar va qurilmalarning texnik holatini oʻrganish boʻlimiga yetakchi mutaxassis lavozimiga qabul qilingan.
2021-yil 15-sentyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish nazorati inspeksiyasida attestatsiyadan oʻtkazilib, unga qurilish-montaj ishlari ustidan nazorat qilish maxsus guvohnomasi berilgan.
2020-yil 21-sentyabrdan Qurilish-montaj ishlari ustidan nazorat boʻlimi yetakchi inspektori lavozimiga oʻtkazilgan.
2022-yil 28-yanvardan Xorazm viloyati Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasining buyrugʻiga asosan R.R. bilan tuzilgan mehnat shartnomasi oʻz ixtiyori bilan bekor qilingan. Qoʻlga olingan paytda R.R. ushbu lavozimda faoliyat yuritmayotgan boʻlgan.