Deputat Rasul Kusherbayev tomonidan koʻtarilgan masalalar belgilangan tartibda koʻrib chiqilib, Oʻzbekiston Resnublikasi Prezidentining 2018-yil 2 fevraldagi “2018-2022-yillarda aholi puiktlarini bosh rejalar bilan taʼminlash, loyiha tashkilotlari faoliyatini yaxshilash, shuningdek, shaharsozlik sohasida mutaxasisslar tayyorlash sifatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3502 sonli qarori doirasida Toshkent viloyatida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz:
Mazkur qaror bilan tasdiqlangan:
a) 2018-2022-yillarda respublika shaharlarining bosh rejalari loyihalarini ishlab chiqish dasturida (2a-ilova) 2018-yilda Toshkent viloyati Krasnogorsk shahrining bosh rejasi loyihasini ishlab chiqish;
b) 2018-2022-yillarda respublika shahar posolkalarining bosh rejalari loyihalarini ishlab chiqish dasturida (26-ilova) Toshkent viloyati boʻyicha jami 19 ta shahar posyolkalari, jumladan:
2018-yilda 3 ta shahar posyolkasi (M.Fozilov, Burchmulla, Iskandar);
2019-yilda 4 ta shahar posyolkasi (Nurobod, Urtaovul, Soylik, Tulabe);
2020-yilda 4 ta shahar posyolkasi (Pargos, Said, Xass, Gulzorobod);
2021-yilda 4 ta shahar posyolkasi (Qoraxitoy, Shamsiobod, Pastdarxon, Koʻksaroy);
2022-yilda 4 ta shahar posyolkasining (Qorasuv, Yangi Chinoz, Chorvador, Eski Qovunchi) bosh reja loyihalarini ishlab chiqish belgilangan.
Bunda, mazkur bosh rejalar lonihalarini ishlab chiqish uchun mas’ul etib Qurilish vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi, “ToshkentboshplanLITI” DUK, “UZGASHKLITI” DUK va mintaqaviy yetakchi loyiha-qidiruv tashkilotlari belgilangan.
Mazkur dasturlarga muvofiq, bugungi kunga qadar 1 ta shahar (Krasnogors) va 14 ta shahar posyolkalari (M.Fozilov, Burchmulla, Iskandar, Nurobod, Urtaovul, Soylik, Tulabe, Pargos, Said, Xass, Gulzorobod, Qoraxitoy, Shamsiobod, Pastdarxon, Koʻksaroy) boʻyicha bosh reja loyihalari ishlab chiqilib, Qurilish vazirligining tegishli qarorlari bilan tasdiqlangan.
Dasturga kiritilgan Toshkent viloyati Zangiota tumani Pasdargʻon shaharchasi hududi Toshkent shahrining maʼmuriy hudidiy chegarasiga qoʻshilganligi sababli, 2021-yilda dasturdan chiqarilgan.
Qolgan 4 ta shahar posyolkalarining (Qorasuv, Yangi Chinoz, Chorvador, Eski Qovunchi) bosh rejalari loyihalari bugungi kunda ishlab chiqilmoqda. Ushbu hujjatlari ishlab chiqish reja-grafik asosida ketmoqda.
Reja-grafikka koʻra, ushbu bosh rejalar loyihalari joriy yil yakuniga qadar toʻliq yakunlash choralari koʻriladi.
Bundan tashqari, qoʻshimcha ravishda shuni maʼlum qilamizki, deputat tomondan Qurilish vazirligiga avval kiritilgan deputatlik soʻrovlari (14.04.2022y. №06/01-95-15; 22.06.2022y. №06/01-95-73) belgilangan tartibda koʻrib chiqilib, natijalari yuzasidan axborotlar (20.04.2022y. №13-08/4070; 25.06.2022y. №13-06/7703) kiritilgan.