• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

MUNOSABAT

Okt 31, 2022 Posted by: tested Yangiliklar

💻Ijtimoiy tarmoqlar orqali “Aholi yashash hududida faoliyat yuritayotgan gaz “zapravka”larni nazorat qiladiganlar bormi?” sarlavhali maqola Andijon viloyati qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan oʻrganildi.

➖Xususan, Baliqchi tumanidagi “Alisher ota eko metan” MCHJ, Oltinkoʻl tumanidagi “Alisher ota eko metan” MCHJ, Andijon tumanidagi “Qoʻrgʻontepa gaz lyuks” MCHJ, Asaka tumanidagi “Qoʻrgʻontepa gaz lyuks” MCHJ, Ulugʻnor tumanidagi “Rovvot gaz servis” MCHJ inspeksiyadan roʻyxatdan oʻtmagan holda qurilish-montaj ishlari amalga oshirganligi uchun tadbirkorlik subyektlari qurilishda hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan ogohlantirilgan.

❗️Jumladan, belgilangan tartibda shaharsozlik hujjatlarini tayyorlashlari va nazorat inspeksiyasi roʻyxatidan oʻtkazilganidan soʻng qurilish-montaj ishlarini davom ettirishlari lozimligi tushuntirilgan.