• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

MUNOSABAT

Okt 31, 2022 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

✉️Al-Buxoriy majmuasidagi qadimiy daraxtlar kesilmaydi.

🟡Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatining Payariq tumanida joylashgan Al-Buxoriy majmuasida 25-30 yillik daraxtlar kesilganligi va bundan keyin qolgan daraxtlar ham kesib tashlanishi ehtimoli borligi toʻgʻrisida xabarlar tarqaldi.

Holat ortidan bugun viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi va tuman boʻlimi mutaxassislari, shuningdek, viloyat Qurilish bosh boshqarmasi, Qurilish nazorat inspeksiyasi mutaxasislari hamda OAV xodimlaridan iborat tezkor guruh mazkur majmuaga borib, u yerdagi daraxtlar holati boʻyicha vaziyatni oʻrganishdi.

💬Oʻrganishlar natijalariga koʻra viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muxofaza qilish boshqarmasi va tuman boʻlimi mutaxassislari tomonidan majmua hududidagi daraxtlar xatlovdan oʻtkazilib, yoshi, boʻyi, qalinligi boʻyicha bazaga kiritilgan. Bundan soʻng har oyda majmuada uch martagacha daraxtlar holati boʻyicha nazorat olib boriladi.

📲Suratlarda tarqalgan kesilgan daraxtlar esa joriy yilning bahor oylarida ekologiya sohasi mutaxassislari xulosasiga koʻra kesilgan, qurib qolgan 4 dona majnuntol daraxti ekanligi maʼlum boʻldi.

🔍“Kun.uz” sayti, “Sevimli” telekanali muxbirlari ishtirokidagi jarayonda mutaxassislar tomonidan majmua hududida boshqa daraxtlarga ziyon yetkazish yoki kesib tashlash holatlari kuzatilmagani qayd etildi.