• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

MUNOSABAT

Okt 31, 2022 Posted by: tested Yangiliklar

🔎Andijon viloyati Shahrixon tumanidagi maktabgacha ta‘lim muassasalaridagi qorovulxonalarning qurilishi holati yuzasidan oʻrganish olib borildi.

🔎O‘rganishlar davomida aniqlanishicha, Shahrixon tumanida mavjud 20, 22, 47-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qorovulxona mavjud boʻlmaganligi sababli tuman maktabgacha taʼlim boʻlimi tomonidan 2022-yilning manzilli dasturiga qorovulxonalar qurish ham kiritilgan, ammo Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi “Qurilish sohasiga oid yagona maʼmuriy qurilish reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 200-sonli qarorining:
– 2-ilovasida belgilangan tartibda qoʻshimcha qurilish qilish uchun ruxsatnoma olinmagan;
– 3-ilovasiga asosan arxitektura rejalashtirish topshirigʻi ishlab chiqilmagan;
– 4-ilovasiga asosan loyiha-smeta hujjatlarini kelishmasdan qurilish ishlari olib borilgan.

‼️Yuqoridagilardan kelib chiqib, obyektlar shaharsozlik va qurilish me’yor va qoidalariga zid ravishda qurilgan, 2017-yil 10-iyul kungi “Aholi punktlarini qurishda shaharsozlik va yer toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlashga, shuningdek, tadbirkorlik maqsadlari uchun yer ajratish tartibini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 467-sonli Vazirlar Mahkamasi qaroriga asosan esa ushbu qurilmalar noqonuniy boʻlganligi sababli dalolatnoma shakllantirilib, tuman Maktabgacha taʼlim tashkiloti boʻlimiga kiritilganligini maʼlum qilamiz.