❕Toshkent shahar Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi Sergeli tumani Quruvchilar mavzesida joylashgan ko’p qavatli turar joy obyekti bo’yicha quyidagilarni ma’lum qiladi:
🍎Sergeli tumani Quruvchilar mavzesida joylashgan mazkur obyektda “PSK-2” MChJ qurilish montaj ishlarini boshlash uchun 2019-yil 28-noyabrda inspeksiyaga xabarnoma yuborgan va ro’yxatdan o’tgan.
🔔2021-yil 20-mayda G blokning fasad qismi, yo’laklarning pardozlash ishlari hamda hududni obodonlashtirish ishlari yakunlanganligi uchun dalolatnoma rasmiylashtirilgan. 24-uyning lift shaxtasi, lift xonasini yo’naltiruvchi konstruksiyalari hamda lift shaxta eshiklari o’rnatilgan, ammo “PSK-2” MChJ bilan pudrat shartnomasini tuzgan “Mahmud dizayn qurilish” MChJ korxonasi rahbari jinoiy javobgarlikka tortilganidan so’ng moliyalashtirish ishlarida muammolar paydo bo’lgan. Shu sababli lift xonasi hamda lift yurg’izgichlari o’rnatish ishlari to’xtatilgan. Muammo nazoratga olingan.