• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

MUNOSABAT

Noyabr 1, 2022 Posted by: tested Yangiliklar

🟢 2021-yil 25-sentabrda Buxoro shahar Qurilish boʻlimi tomonidan Buxoro shahrining T.Farogʻiy koʻchasida joylashgan “KOGON QURUVCHI MONTAJCHI” MCHJga kinoteatr binosi hududidagi boʻsh yer maydonining birinchi qavatida savdo va maishiy xizmat koʻrsatish, umumiy ovqatlanish hamda yuqori qavatlarida mehmonxona qurilishi uchun ruxsatnoma berilgan.

📶 Mazkur ruxsatnoma talablari asosida qurilishi rejalashtirilgan binoning shahar meʼmori tomonidan qizil chiziq chegara nuqtalari belgilanib, Buxoro viloyati Qurilish bosh boshqarmasi tomonidan 2022-yil 11-fevralda Arxitektura-rejalashtirish topshirigʻi ishlab chiqilgan. Binoning loyiha-smeta hujjatlari “Buxara Perfect Projekt” MCHJ tomonidan ishlab chiqilgan hamda binoning bosh reja, fasad koʻrinishlari Qurilish bosh boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan.

✅ Shundan soʻng ushbu obyektning shaharsozlik meʼyoriy hujjatlari uchun yigʻma ekspertiza xulosasi “Baxtiyor Ekspert Stroy Plyus” MCHJ tomonidan tayyorlab berilgan.

💠 2022-yil 17-fevralda “KOGON QURUVCHI MONTAJCHI” MCHJ tomonidan qilingan murojaatga asosan ushbu obyekt Buxoro viloyati Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan roʻyxatdan oʻtgan.

✔️ Uning qurilish jarayonlari hududiy inspeksiya tomonidan doimiy nazorat qilingan boʻlib, “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi orqali buyurtmachi, loyihachi tashkilotlariga inspeksiyaning elektron (yozma) koʻrsatmalari taqdim etilgan.

📌 O’rganish natijalariga ko’ra yetarlicha mustahkamlikka ega boʻlmagan toʻsin (rigelga) ortiqcha yuklanishni berish evaziga rama konstruksiyasining rigel qismida buzilish (avariya) yuzaga kelgan. Qurilish jarayonida ishlab chiqarish texnologiyasiga, xavfsizlik talablariga rioya qilinmagan.