• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

MUNOSABAT

Noyabr 2, 2022 Posted by: tested Yangiliklar

⌨️Ijtimoiy tarmoqlarda “Mazkur uylar talabga javob bermaydi, yog‘ingarchilik boshlansa, tomdan suv o‘tadi” sarlavhali videolavha e’lon qilindi.

🆘Samarqand viloyati Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan holat joyiga borib o‘rganildi. O‘rganishlar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz:

🎚️Urgut tumani “Mergancha” massivida “SAM COLOR ECO” MCHJ tomonidan qurilgan 5 qavatli 1 yo‘lakli turar-joy binosining 2-qavati 5-xonadonida aniqlangan kamchiliklar quruvchiga tushuntirildi hamda quruvchi tashkilot tomonidan bartaraf etildi.

➡️Shuningdek, aniqlanishicha binoning 3-qavat 9-xonadoni yuvinish xonasi suv quvurlaridagi nosozlik sababli tepa qavatdan pastki qavatga suv sizib o‘tishi natijasida ta’mirtalab holatga kelib qolgan. Ushbu murojaat ham Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan nazoratga olindi.