⚡️ 2022-yilning fevral oyidagi tanqidiy xabar yuzasidan Toshkent shahar Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasining ma’lum qilishicha, poytaxtimizning Yashnobod tumani Amir Temur mahallasi Birlashgan koʻchasida joylashgan temir panjara bilan oʻrab qoʻyilgan hududda hech qanday qurilish ishlari olib borilmayotganligi aniqlangan.
❗️Shuningdek, inspeksiya oʻrab olingan hudud yuzasidan Yashnobod tuman hokimligiga murojaat yoʻllaganligini, qoʻshimcha maʼlumot olingandan soʻng yana ushbu muammo bo‘yicha xabardor qilishini ham alohida ta’kidladi.