⚠️ Telegram ijtimoiy tarmog‘ida 2019-yilda Andijon shahar Dukchi Eshon ko‘chasidagi 1-uyda yashagan fuqaro uyining buzilishga tushishi munosabati bilan o‘sha yilning 8-mart kunidan beri oilaviy ijarada yashab kelayotgani haqidagi murojaat e’lon qilindi.
🗂 Andijon shahar hokimining 2019-yil 23-apreldagi qarori bilan “Yangi avlod obod qurilish” MChJga Andijon shahar Dukchi Eshon ko‘chasidagi 1-sonli ko‘p qavatli turar-joy binosida yashovchi oilalarni belgilangan tartibda ko‘chirib, mavjud binoni buzgan holda o‘rniga 4000,0 kv.metr yer maydonida 9 qavatli 1-qavatida savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shahobchasi, yuqori qavatlarini turar-joy binosiga moslab qurilishiga tegishli hujjatlar asosida ruxsat berilgan.
📔 Obyektda qurilish-montaj ishlari bugungi kun holatiga “A” blogida 4-qavatda g‘isht terish ishlari, “B” blokda 7-qavatda g‘isht terish ishlari, “V” blokda kotlovan ochilib, pudrat tashkilotining moliyaviy holatidan kelib chiqib, ishlar noma’lum muddatga to‘xtatilgan.
🔍Murojaatda keltirilgan sabablar, ya’ni shartnomaviy munosabatlarni hal etish inspeksiya vakolаtiga kirmasligi, ushbu masala yuzasidan tegishli sud idoralariga murojaat qilish lozimligi ma’lum qilinadi.