🟥 Toshkent shahar Olmazor tumani Sag’bon va Nurafshon ko’chalari kesishuvida joylashgan obyekt bo’yicha fuqarolar tomonidan ijtimoiy tarmoqlar orqali noroziliklar vujudga kelayotganligi sababli Toshkent shahar Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan joriy yilning 7-noyabr kuni holat joyiga chiqib o’rganildi.
❕ Pastki qavatida savdo maishiy majmuasi bo’lgan ko’p qavatli turar joy binolari qurilish obyektida qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun nazorat inspeksiyasini 2020-yil 10-dekabrda xabardor etish orqali ro’yxatdan o’tgan va unda tizimli nazorat o’rnatilgan.
✔️ Murojaat yuzasidan esa “MALAK MOUSA BACHA” MCHJning quruvchi xodimi S.B.Turdiyev tomonidan qurilish me’yoriy qoidalariga rioya etilishi buzilganligi yuzasidan tushuntirish xati va korxona rahbari K.B Jo‘rayev tomonidan bunday holat boshqa qaytarilmasiligi, qurilish norma-qoidalariga doimiy ravishda amal qilinishi yuzasidan kafolat xati olindi.