🔠 Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Chilonzor tumanida qurilishi boshlanish arafasida turgan yangi ko‘p qavatli uy-joy binosi bo‘yicha quruvchi-tadbirkor hamda ichki ishlar xodimi o‘rtasidagi bahsli holat yuzaga kelgani tasvirlangan video tarqaldi.
🏘 Qurilish vazirligi mas’ullaridan iborat tezkor guruh vaziyatni o‘rganish maqsadida mazkur hududga borib, holatni o‘rganishdi.
❗️ Ma’lum bo‘lishicha, Toshkent shahar hokimining 2020-yil 9-dekabrdagi tegishli qarori bilan fuqaro M.Mirxo‘jayev nomiga Chilonzor tumani Ko‘tarma mahallasi 10-mavzeda joylashgan 1-, 9- hamda 39-uylar oralig‘idagi 0,10 ga yer maydonida ko‘p qavatli uy-joy binosi qurish uchun ruxsat berilgan. Hujjatlar yig‘ma jildida tegishli davlat idoralarining buyruqlaridan ko‘chirmalar va bayonnomalar mavjud.
🔍 2021-yilning 13-noyabr kuni Ko‘tarma MFY raisi hamda hududga yondosh 1-, 9-, va 39-uylarning vakillari ishtirokida o‘tkazilgan kengash yig‘ilishida quruvchi tashkilot “AT Kvartal Build” MCHJ direktori U.Holiqov tomonidan hududda obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, nonvoyxona va keksalar guzari qurib berish bo‘yicha kafolat xati yozib berilgan.
⚠️ Shundan so‘ng shu yilning fevral oyida hududda istiqomat qiluvchi aholi o‘z tashabbusi bilan maydonda daraxtlar ekishgan. Aholining bu boradagi fikrini so‘raganimizda esa ular daraxt ekish chog‘ida mazkur hududda qurilish boshlanishidan bexabar bo‘lishganini ma’lum qilishdi.
☀️ Ushbu e’tirozli holat yuzasidan o‘rganishlar davom etmoqda.