⚠️ Andijon shahridagi 50-maktabning sport maydoni sotib yuborilganligi va uning o‘rnida ko‘p qavatli uy qurilayotganligi haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan holat o‘rganildi.
✔️ Aniqlanishicha, Andijon shahar hokimining 2019-yil 14-avgust kungi 646-Q-sonli qarori bilan Andijon shahar “Sog‘lom avlod” MFY hududida joylashgan 50-sonli umumta’lim maktabining foydalanilmasdan turgan 7200,0 kv.metr yer maydoni shahar zahira yerlari toifasiga o‘tkazilgan.
🟥 O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ham 2019-yil 16-avgust kuni mazkur 0,72 ga yer maydonini Andijon shahar hokimligi zahirasiga o‘tkazish bo‘yicha taklifiga rozilik berilgan. Shundan so‘ng Andijon shahar hokimining 2020-yil 2-iyun kungi qarori bilan “SXF ANDIJAN CITY STROY” MChJga ushbu 7200,0 kv.metr yer maydonida 4 qavatli zamonaviy savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish ko‘ngilochar maskani majmuasi” bino-inshootlari qurish uchun ruxsat berilgan.
➡️ Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-maydagi 370-sonli qarorining tegishli bandlari bilan talab etiladigan barcha hujjatlar ijobiy xulosalanib, rasmiylashtirilgan.
‼️ Ayni paytda obyektda buyurtmachi tomonidan tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirish kiritilib, qurilish-montaj ishlari olib borilayotganligi sababli viloyat Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan joriy yilning 13-noyabr kungi 02-9/3-sonli qurilishni to‘xtatish to‘g‘risidagi yozma ko‘rsatmasi bilan obyektdagi qurilish montaj ishlari to‘xtatilganligini ma’lum qilamiz.