ℹ️ “Deputat Kusherbayev” telegram kanalida eʼlon qilingan “Tashrif qogʻozi” sarlavhali maqola yuzasidan munosabat
📍 Yangiyoʻl tumani ”Ozod” MFYdagi 64-uy 2012-yil Davlat dasturi asosida “Qishloq qurilish invest” MCHJ Toshkent viloyati filiali buyurtmachiligi, “Qishloq qurilish loyiha” MCHJ loyiha tashkilotining namunaviy loyihalari asosida qurilgan boʻlib, 2013-yil xonadon egalari va davlat qabul komissiyasi aʼzolarining eʼtirozlarisiz qabul qilingan.
⏺Mazkur xonadon Toshkent viloyati Bekobod tumanida tugʻilgan hozirda Toshkent shahrida yashovchi fuqaro X.S.ga qarashli boʻlib, ushbu uyda 2021-yilning oxirigacha begona fuqarolar ijarada yashab kelgan.
⏺ 2022-yildan boshlab uy qarovsiz qolgan. Joriy yilning bahor oylaridagi surunkali yogʻingarchiliklardan hosil boʻlgan yomgʻir suvlari uyning poydevor qismiga ketganligi natijasida poydevorda choʻkish, nurash va yemirilishlar hosil boʻlganligi sababli binoning asosiy yuk koʻtaruvchi devorlari bosimni koʻtara olmagan, natijada yoriqlar paydo boʻlgan.
💬 Bugungi kunda “Qishloq qurilish invest” MCHJ Toshkent viloyati filiali mazkur uyning texnik holatini oʻrganish boʻyicha “Qishloq qurilish loyiha” MCHJ tomonidan texnik koʻrikdan oʻkazilgan va uning natijalari boʻyicha uyni qayta tiklash maqsadga muvofiq emas deb topilib, uni buzib, qayta qurish boʻyicha tegishli xulosa chiqarilgan.