ℹ️ Toshkent Shahar Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi Sergeli tumani “Choshtepa” MFY Junariq ko’chasi manzilida joylashgan 16 qavatli turar joy binolarini qurish obyekti bo’yicha telegram ijtimoiy tarmog’i orqali tarqalgan video yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi:
📍Obyekt bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-maydagi “Arxitektura va qurilish sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 370-sonli qaroriga asosan Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi Loyiha-smeta hujjatlarini kelishish bo’yicha Arxitektura va shaharsozlik kengashi ishchi organi tomonidan xulosa berilgan. “COMPLEX GRAPHICS” MChJ loyiha tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan ishchi loyihani “SHAHARSOZLIK HUJJATLARI EKSPERTIZASI” DUK ko’rib chiqib, yig’ma ekspert xulosasi olingan. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi qaroriga asosan Toshkent shahar Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasidan o’rnatilgan tartibda xabarnoma yuborish yo’li bilan qurilish-montaj ishlari boshlash uchun ro’yxatdan o’tgan.
🛡 Toshkent shahar Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan qurilish obyektida monitoring ishlari o’tkazilgan bo‘lib, “OMEGA AGRO STROY” MChJning qurilish ishlari bo’yicha ma’sul xodimlariga qurilishda yo’l qo’yilayotgan kamchiliklar, qurilish davrida yuritilishi kerak bo’lgan ijro hujjatlari o’z vaqtida yuritilmayotganligi hamda QMQ 3.01.02-00 “Qurilishda xavfsizlik texnikasi”ning Qurilish maydonida mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi yuzasidan “Davlat nazorati” elektron tizim platformasi orqali ko’rsatmalar berilgan.
🔔 Inspeksiya tomonidan joriy yil 19-noyabrda qurilish maydonidagi minora kranini demontaj qilinayotgan vaqtda qulaganligi yuzasidan joyiga chiqib o’rganilganda, qurilish obyekti, qurilish qatnashchilari va kran boshqaruvchisiga hech qanday jarohat yetmagan, hozir ushbu holat bo’yicha ishchi guruh o’rganish ishlari olib bormoqda.