📝 2022-yilning noyabr oyida facebook ijtimoiy tarmog’ida chiqqan xabarda Toshkent shahar Mirzo Ulug’bek tumani Feruza va Gulsanam 1-tor ko`chalari kesishuvida joylashgan ko’p qavatli turar joy uylarida avtoturargoh va axlatxonalarni o’rnatish hisobga olinmaganligi haqidagi muammo yuzasidan quyidagilar maʼlum qilinadi:
📌 “FUSION PLATINUM HOUSE” MChJ tomonidan pastki qavatlari savdo va maishiy xizmat ko’rsatish bo’lgan ko’p qavatli turar joy binolarini qurish obyekti Toshkent shahar Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasidan 2019-yil 16-aprelda o’rnatilgan tartibda ro’yxatdan o’tgan.
🏛 Ushbu obyektni tasdiqlangan loyihasining bosh rejasiga muvofiq chiqindixona nazarda tutilmagan. Ochiq turdagi avtoturargoh va bolalar maydonchasi esa mazkur hududda mavjud. Obyekt 2021-yilda foydalanishga qabul qilingan.
‼️ Yuqoridagi masala xususan, chiqindixona o’rnatish bo’yicha tuman hokimiyatiga murojaat qilish maqsadga muvofiqdir. Ushbu kamchiliklarni bartaraf qilish inspeksiya vakolati doirasiga kirmaydi.