• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

MUNOSABAT

Noyabr 24, 2022 Posted by: tested Yangiliklar

⚠️ 2022-yilning 23-noyabr kuni internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda chop etilgan xabarlardagi (https://t.me/Daryo/83255) Toshkent shahar Mirzo Ulug’bek tumani Do’rmon yo’li ko’chasida joylashgan IT park obyektida sodir bo’lgan yong’in yuzasidan quyidagilar maʼlum qilinadi:

📎 “DASTURIY MAHSULOT VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI TEXNOLOGIK PARKI DIREKSIYASI” MChJning ko’p tarmoqli IT park kompleksini qurish obyekti Toshkent shahar Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasidan o’rnatilgan tartibda ro’yxatdan o’tgan hamda unda tizimli nazorat o’rnatilgan.

➡️Buyurtmachi tomonidan berilgan ma’lumotga ko’ra bugun ½-blok 21-qavatida payvandlash ishlarini olib borish jarayonida izolyatsiya qoplamasining tahminan 5 m² yongan. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.