🚨 Facebook ijtimoiy tarmog’ida SamDU tomonidan amalga oshirilayotgan qurilish ishlariga e’tiroz bildirilgan maqola e’lon qilindi. Samarqand viloyati Qurilish bosh boshqarmasi va shahar Qurilish bo’limi tomonidan murojaat o’rganildi.
↪️ Samarqand viloyati Qurilish Bosh boshqarmasi huzuridagi Arxitektura-shaharsozlik Kengashi yig’ilishida Samarqand Davlat universitetiga tegishli hududdan Raqamli texnologiyalar fakulteti, 300 o’rinli talabalar yotoqxonasi va 70 o’rinli chet ellik o’qituvchilar uchun yotoqxona binosi qurilishi hamda universitet xiyobonini kengaytirish bo’yicha buyurtmachining loyiha taklifi Madaniy meros departamenti hamda “ToshkentboshplanLITI” DUK bilan kelishish sharti bilan ma’qullangan.
❕Bugungi kunda SamDU buyurtmachiligida “Universal Proekt Plus” MChJ tomonidan ishlab chiqilgan loyiha uchun Samarqand viloyat Qurilish Bosh boshqarmasi Loyiha-smeta hujjatlarini kelishish bo‘yicha Arxitektura va shaharsozlik kengashi ishchi organi tomonidan 2022-yil 26-oktabr kuni ijobiy xulosa olingan.
🔔 Murojaat yo’llagan fuqaro esa vaqtida shaharsozlik hujjatlarini rasmiylashtirmasdan qurilish-montaj ishlarini amalga oshirgan va qoʻshni hududga eshik hamda derazalar ochgan. Shuningdek, murojaatchiga O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-maydagi 370-sonli qarorga zid ravishda egalik huquqi va kadastr hujjatlari berilganligini ma’lum qilamiz.