✅ “Потребитель Бухара” kanalida e’lon qilingan murojaat Buxoro viloyat Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi mutaxassislari tomonidan o‘rganildi.
✅ Buxoro shahar hokimining 2015-yil 31-dekabrdagi qaroriga asosan fuqaro S.Husenovga Buxoro shahrining Piridastgir va Mustaqillik ko’chalari kesishmasida 4917 m2 o’lchamdagi yer maydoni ajratib berilgan. Birinchi qavatda savdo va maishiy xizmat ko’rsatish, yuqori qavatda esa turar-joy binosini qurish uchun viloyat Qurilish bosh boshqarmasi tomonidan Arxitektura-rejalashtirish topshirig’i tayyorlangan. Binoning bosh reja va fasad ko’rinishlari Qurlish bosh boshqarmasi tomonidan kelishilgan hamda belgilangan tartibda ekspertiza xulosalari rasmiylashtirilgan. Qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun tegishli tartibda ruxsatnoma berilgan.
🔔 Qurilish obyektida qurilish-montaj ishlari hududning tasdiqlangan bosh rejasi hamda loyiha-smeta hujjatlariga asosan olib borilmoqda. Bugungi kunda hududda renovasiya ishlari ya’ni eski qurilgan 2 qavatli turar-joy binolari o’rniga yangi zamonaviy ko’p qavatli turar-joy binolari qurilishi bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.