💬 Telegram ijtimoiy tarmogʻining “Soyadagi siyosatchilar” kanali orqali e’lon qilingan 2022-yil 1-dekabr kuni “Bu yerda qanday qurilish ketmoqda?” nomli xabar yuzasidan Andijon shahar Choʻlponshoh koʻchasi 20-22-uylar hududida joylashgan yer maydonidagi obyekt joyiga chiqib o‘rganildi.
🔔 Buyurtmachi-quruvchi: Andijon shahar 1-tor koʻchasi 34-uyda yashovchi fuqaro T.Shirmatov
Loyiha tashkiloti: “Binokor loyiha” XK
🔴 “Binokor loyiha” XK tomonidan ishlab chiqilgan loyiha hujjatlariga “Qurilish loyiha ekspertiza sinov” MCHJning 2017-yil 27-oktabrdagi ekspertiza xulosasi olingan. 2017-yil 7-noyabrda tegishli tartibda inspeksiya tomonidan 2 qavatli chevarchilik, konditer mahsulotlari ishlab chiqarish va kosibchilik sexi qurilishini amalga oshirish uchun ruxsatnoma berilgan.
🟡 Buyurtmachi-pudratchi fuqaro T.Shirmatov bilan bog‘lanilganda hozirda kredit masalalari hal boʻlmayotganligi sababli qurilish ishlari vaqtincha toʻxtab turganligini maʼlum qildi. 2022-yil 1-dekabr holatiga obyektning 1-qavatida gʻisht terish ishlari bajarilgan holda toʻxtab turibdi.