? 2022 yilning 5-dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan sharhlar yuzasidan Toshkent shahar Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi quyidagilarni ma’lum qiladi:
➡️Toshkent shahar Yakkasaroy tumani A.Qahhor ko’chasi 2-uyda joylashgan “TARIM INSHAAT INVESTMENT GROUP” MCHJ tomonidan mehmonxona binosini qurilishi yuzasidan Toshkent shahar Qurilish Bosh boshqarmasi tomonidan loyiha-smeta hujjatlarini kelishish bo’yicha Arxitektura va shaharsozlik kengashi ishchi organi tomonidan 2021-yil 19-noyabrda xulosa berilgan. 2019-yil 28-iyunda esa “ABAT” MChJning yig’ma ekspert xulosasi olingan.
? 2021-yil noyabr oyida Davlat xizmatlari agentligi orqali qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun Toshkent shahar Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasini xabardor etgan hamda obyektdagi ishlar ushbu kundan nazoratga olingan. Nazorat davrida “Shaffof qurilish milliy axborot” tizimi orqali qurilish qatnashchilariga aniqlangan kamchiliklar yuzasidan 3 marta yozma ko’rsatmalar berilgan.
‼️ Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan sharhlardagi boshqa nizoli masalalarni o’rganish inspeksiya vakolatiga kirmasligini ma’lum qilamiz.