• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

MUNOSABAT

Dekabr 7, 2022 Posted by: tested Yangiliklar

💬Facebook ijtimoiy tarmog’idagi xabar yuzasidan Samarqand viloyati Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi quyidagilarni ma’lum qiladi:

✅ Ushbu obyektning 3 qavatiga Qurilish bosh boshqarmasi tomonidan ART ishlab chiqilgan. Keyinchalik viloyat qurilish bosh boshqarmasi huzuridagi Arxitektura-shaharsozlik Kengashi tomonidan 5 qavatli turar joy binosi loyiha taklifiga shartli ravishda ruxsat berilgan.

➡️ Nazoratlar jarayonida dastlab inspeksiya tomonidan ushbu obyektga qurilishni to’xtatish to’g’risida ogohlantirish berilgan, keyinchalik MJtKning tegishli moddalari bilan mutasaddilar ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

⏺Obyekt mas’ullariga qurilish ishlarini qat’iyan loyiha hujjatlariga ijobiy ekspertiza xulosalarini olgan holda va belgilangan tartibda nazorat inspeksiyasini xabardor qilgandan so’ng amalga oshirish lozimligi bo‘yicha ko‘rsatma berilgan.