⚠️ Toshkent shahar Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi Chilonzor tumani Cho’pon ota ko’chasi 9-mavze 13, 14, 16 va 17-uylar oraligʻidagi koʻp qavatli turar joy binosini qurish obyekti bo’yicha telegram ijtimoiy tarmog’i orqali tarqalgan video yuzasidan joyiga chiqib o‘rgandi.
? Inspeksiya mazkur obyektda doimiy nazorat o‘rnatib, qurilish-montaj ishlarining sifati va toʼliqligiga rioya etilishi ustidan o‘rganish ishlari davrida bartaraf qilinishi lozim bo’lgan yozma ko’rsatmalar bergan.
? Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan holat yuzasidan esa “DIYORXON-BUILDING” MChJ rahbaridan 2022-yil 7-dekabrda tushuntirish xati olindi hamda qurilish binosini loyiha talablariga moslash maqsadida binoning poydevor qismini gidroizol materiali bilan qoplash uchun amalga oshirilgan ochiq handaq kavlash ishlari tez kunda qayta ko’milib, atrof-muhitni obodonlashtirish ishlarini tasdiqlangan loyiha talablariga moslashtirilishiga kafolat berildi.