• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

MUNOSABAT

Dekabr 12, 2022 Posted by: tested Yangiliklar

🔨 Bino qurilishi hududiy nazorat inspeksiyasi nazorati ostida!

✅ “Qashqadaryo yangiliklari” telegram kanali orqali Qarshi shahar Islom Karimov koʻchasi hududida “Nasaf-travel kompaniyasi” xususiy korxonasi tomonidan qurilayotgan mehmonxona va restoran binosini rekostruksiya qilish hamda yordamchi binolar qurish ishlari boshlangani yuzasidan bildirilgan murojaat o’rganib chiqildi.

🔵 Ushbu binoda sodir boʻlgan baxtsiz hodisadan soʻng 2020-yilning 3-sentabrida Oʻzbekiston Respublikasi “Zilzilabardosh qurilish” ilmiy-loyiha markazi tomonidan obyektning texnik holati oʻrganib chiqilgan va rasmiylashtirilgan “ILMIY-TEXNIK HISOBOT”ga asosan, “Qarshi tadqiqot konstruksiya” MCHJ loyiha tashkiloti tomonidan loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilgan. Loyiha-smeta hujjatlariga 2021-yil 27-oktabr sanasida “Expertise Group” MCHJ tomonidan ijobiy ekspertiza xulosasi berilgan.

Qashqadaryo viloyati Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi 2021-yilning 2-noyabrida my.gov.uz orqali kelib tushgan xabarnoma asosida ushbu obyektda qurilish-montaj ishlari boshlanganligi toʻgʻrisida xabardor qilingan va shu tariqa obyekt qurilishi roʻyxatga olingan.

Buyurtmachi “Nasaf travel kompaniyasi” xususiy korxonasi tomonidan mazkur binoda joriy yilning 15-noyabr kunidan qurilish-montaj ishlari boshlangan boʻlib, obyekt qurilishi inspeksiya tomonidan alohida nazoratga olinganligini maʼlum qilamiz.