• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

MUNOSABAT

Fev 14, 2022 Posted by: tested Yangiliklar

⚡️ Muxbir Daliyevning telegram kanalida A.T.Ho’qandiy mavzesi 4, 12, hamda 13-sonli ko’p qavatli uylar oldida chinor va terak daraxtlarini kesib, xususiy ko’p qavatli uy qurilishidan norozi bo’lib e’lon qilingan  xabar Farg’ona viloyati qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi mutaxassislari tomonidan joyiga chiqib o’rganildi.

✅ Farg’ona viloyati Qo’qon shahar hokimining 2021-yil 16-yanvar kungi 26-sonli qarori bilan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-noyabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning mulk huquqlarini kafolatlarini ta’minlash hamda yer uchastkalarini olib qo’yish va kompensatsiya berish tartibini takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’grisida”gi 911-sonli qaroriga asosan fuqaro M.Rahimovaga davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olingan yer maydoni o’rniga A.T.Ho’qandiy mavzesi hududidan 280,0 kv.m yer maydoni ajratib berilgan.

Mazkur qarorga asosan fuqaro M.Rahimova tomonidan Davlat xizmatlari markaziga qilgan 40520510-sonli murojaatiga ko’ra Farg’ona viloyati Qurilish bosh boshqarmasi tomonidan 2021-yil 1-dekabr kuni 1730-1730405-33075 -sonli Arxitektura rejalashtirish topshrig’i (ART) hujjatlari tayyorlanib berilgan.

❗️Hozirgi kunda fuqaro M.Rahimova tomonidan ushbu obyektga loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqish uchun loyiha oldi hujjatlari olinayotgaligi hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi “Respublikada ko’kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-46-sonli Farmonida ko’rsatib o’tilgan daraxt kesishga e’lon qilingan moratoriyga asosan qurilish-montaj ishlari boshlanmaganligini ma’lum qilamiz.