🗺 Samarqand viloyati Samarqand shahri Qorasuv massivi “Obod maskan” MFYda joylashgan “AGROMIR BUILDINGS” MCHJ tomonidan qurilgan 2 ta 25 qavatli turar-joy binosida 2022-yilning 31-may kuni qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tegishli tartibda xabardor qilingan.
➡️Bugungi kunda SHNQ 3.01.04.19 “Qurilish-montaj ishlari tugallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilish” shaharsozlik normalari va qoidalari talablari asosida qurilish ishlari nihoyasiga yetkazilgan boʻlib, joriy yil 6-oktabrda yuqorida koʻrsatilgan manzilda joylashgan turar-joy binolari foydalanishga qabul qilingan.
🔔 “Qurilish tugallangan bino va inshootlarni qabul qilish” normativ hujjatlarning 4.14 bandiga asosan davlat qabul qilish hayʼati dalolatnomasi rasmiylashtirilgach, barcha vakolatlar toʻxtatiladi va koʻp xonadonli imoratlarning kelgusida foydalanishi boʻyicha nazorati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2017-yil 2-iyundagi 340-sonli qaroriga asosan Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi huzuridagi koʻp xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi vakolatiga oʻtishini ma’lum qilamiz.