• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

MUNOSABAT

Yanvar 10, 2023 Posted by: tested Yangiliklar

🍵 Toshkent shahar Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi Sergeli tumani Quruvchilar mavzesida joylashgan ko’p qavatli turar joy binolari obyekti bo’yicha quyidagilarni ma’lum qiladi:

🔔 Sergeli tumani Quruvchilar mavzesida joylashgan “PSK-2” MChJ ga tegishli mazkur obyektda qurilish montaj ishlarini boshlash uchun nazorat inspeksiyasi 2019-yil 28-noyabrda xabardor qilingan va ro’yxatdan o’tgan.

⚠️ 2021-yil 20-mayda G blokning fasad qismi, yo’laklarning pardozlash ishlari hamda hududni obodonlashtirish ishlari yakunlaganligi uchun dalolatnoma rasmiylashtirilgan. 24-uyning lift shaxtasi, lift xonasini yo’naltiruvchi konstruksiyalari hamda lift shaxta eshiklari o’rnatilgan. “PSK-2” MChJ bilan pudrat shartnomasini tuzgan “Mahmud dizayn qurilish” MChJ korxonasi rahbari jinoiy javobgarlikka tortilganidan so’ng moliyalashtirish ishlarida muammolar paydo bo’lganligi sababli lift xonasi hamda lift yurg’izgichlari o’rnatish ishlari to’xtatilgan. Holat nazoratga olingan.