• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Munosabat

Yanvar 19, 2023 Posted by: tested Yangiliklar

➡️ Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi faoliyati xususida Muxbir Daliyev telegram kanaliga yoʻllangan murojaat boʻyicha quyidagilarni bildiramiz:

✍️ Reyting mezonlaridagi ballarning shakllanishida Prezident huzuridagi statistika agentligidan maʼlumotlar olinishi kerakmi?

“Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-noyabrdagi 699-son qarori hamda unga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga muvofiq, loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlarining reyting mezonlaridagi ballarining shakllanishida Prezident huzuridagi statistika agentligining maʼlumotlar bazasidan foydalanilmaydi.

💬 Bugungi kunda QQS (qo‘shilgan qiymat soligʻini toʻlovchilar) guvohnomasiga ega boʻlgan loyiha-qidiruv tashkilotlari boʻyicha reyting shakllantirilgan, soliq elektron maʼlumotlar bazasidan talab etilgan maʼlumotlar olingan.

🔵 Elektron reyting va tender masalalarining metodologiyasi boʻyicha +998 71 210-11-04 (1270, 1271) ichki raqamlariga;

• Elektron reyting va tender masalalarining ijrosi, yaʼni loyiha va pudrat tashkilotining reytingdagi shakllangan ballari haqida tenderdagi baholash natijalarining kelib chiqishi boʻyicha +998 71 210-11-04 (1281, 1282, 9988) ichki raqamlariga qoʻngʻiroq qilib, oʻz murojaatlarini bildirishlari mumkin.