• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

MUNOSABAT

Yanvar 26, 2023 Posted by: tested Yangiliklar

🛒 “Deputat Kusherbayev” telegram kanalida eʼlon qilingan Bekobod tumani “Xonabod” MFY hududida joylashgan 150 oʻrinli MTT binosini qurish boʻyicha quyidagilarni ma’lum qilamiz:

MTTni qurish ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-yanvardagi “2020-2022-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-98-sonli qarori ijrosi doirasida amalga oshirilmoqda.

Qurilishga mas’ullar kimlar?
• Buyurtmachi nazorati: Toshkent viloyati hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” IK
• Loyiha tashkiloti: “Y.Qurbonovning ” xususiy ijodiy ustaxonasi
• Pudrat tashkiloti: “AM1K MAX ZTKOU SHUYEZT” MCHJ

Loyiha ekspertiza xulosasi “Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” DUK tomonidan 2022-yil 4-fevralda berilgan. Bino 2 qismdan iborat boʻlib, A blok qismi 2 qavatdan hamda B blok qismi esa 1 qavat qilib ishlab chiqilgan.

📔 Bugungi kunda MTT binosinining qurilish jarayonlari qaysi bosqichda?

• Hozirgi kunda binoning A va B blok qismlarida 1 qavat qurilish-montaj ishlari bajarilgan.
• Poydevor monolit temir-betondan, lenta va ustunli V15 sinfli betondan qilingan.
• Devorlar M75 markali gʻishtdan, qalinligi 380 mm oʻlchamda, kolona va rigellar esa V25 sinfga mansub beton hamda monolit temir-betondan bajarilgan.
• Qavatlar oralig‘idagi g‘ovakli orayopmalar temir betonli plitalar yordamida qilingan. Hozirgi vaqtgacha bajarilgan qurilish-montaj ishlari loyiha talablari asosida.

Obyektga hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan 5 ta yozma koʻrsatma berilgan. O‘z vaqtida bartaraf etilmagan ko‘rsatmalar uchun pudratchi tashkilot ish yurituvchisi A.Borisovga inspeksiya tomonidan ma’muriy bayonnoma tuzilgan. Shundan so‘ng barcha muammolar tashkilot tomonidan hal etilgan.